Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Gyote Institutining O‘zbekistondagi filiali bilan davom etayotgan hamkorlik aloqalari yanada kengayadi


Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy hamda mahalliy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 dan ortiq nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Har o‘quv yilida 30 ga yaqin xorijlik mutaxassislar faoliyat ko‘rsatishadi.

Shuningdek, bugun, 7-dekabr kuni Gyote Institutining O‘zbekistondagi filiali hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash va taraqqiy ettirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv doirasida nemis tilining mutaxassislik fani sifatida o‘qitilishini yanada takomillashtirish, Toshkentdagi Gyote Institutining filialida kitobxonlik burchagini tashkil etish hamda 2022-yil mart oyida tomonlarning hamkorligida nemis tili o‘qituvchilarining 2 kunlik xalqaro seminarlarini o‘tkazish kabilar to‘g‘risida fikr-mulohazalar almashinildi va bu borada o‘zaro kelishuvga erishildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish