Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

Konstitutsiya bashariyat hayotida ilk bor insonning ozod va erkin yashash huquqini oliy qadriyat darajasiga koʻtardi


Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

 

Ilhomjon To‘xtasinov,

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori.

 

Shu kunlarda yurtimiz, respublikamizning barcha aholisi buyuk bayram – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligini nishonlamoqda. Bizning asosiy Qomusimiz, ya’ni baxtimiz qomusi hisoblangan Konstitutsiyamiz barcha yurtdoshlarimizni jinsi, irqi, millati, tili, dini, sotsial kelib chiqishidan qat'iy nazar bir xil huquq va ozodlik bilan ta'minlaydi. Konstitutsiyamiz boy madaniy merosimiz hamda oʻzbek xalqining koʻp asrlik tarixiga asoslangandir.

Tarixga nazar solsak, asrlar davomida shakllangan maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar va insonning tabiiy huquqlari sivilizatsiya jarayonlari natijasida Konstitutsiya shakliga kelganini koʻramiz.

Konstitutsiya bashariyat hayotida ilk bor insonning ozod va erkin yashash, mulkka ega boʻlish, taʼlim olish, mehnat qilish, saylash va saylanish kabi huquqlarini, soʻz hamda eʼtiqod erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga koʻtardi.

Mustaqilligimizning ilk davrida qabul qilingan Konstitutsiyamiz shaxs, jamiyat va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda oʻzaro huquq va majburiyatlar hamda ularning kafolatlarini aniq-ravshan belgilab berdi.

Uning jamiyatda tutgan oʻrni mamlakatimiz rivoji, xalqimizning ma'naviy boyliklarini koʻpaytirish yoʻlida koʻp qirrali va yorugʻ yoʻllarni ochib berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hayotimizdagi barcha sohalarni, shu qatorda ta'lim sohasida ham yaxshi imkon yaratmoqda.  

Barcha fan arboblari, ta'lim sohasi vakillari, oʻquv yurtlari talabalari, professor-oʻqituvchilar, xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasini xalqimizning buyuk bayrami - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Sizlarga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va kelgusidagi faoliyatingizda omadlar tilayman.

 

chop etish