Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Xitoylik xitoy tili o’qituvchisi Gao Bo Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat boshladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti ham ta'lim sifatini oshirish maqsadida o‘quv jarayonlariga ko‘plab xorijlik mutaxassislarni taklif etmoqda.

Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay xorijiy tillar universitetidan xitoy tili o’qituvchisi Gao Bo institutda o’quv jarayonlariga jalb etildi va 2 yil davomida “Yaqin Sharq tillari” kafedrasida faoliyat olib boradi.

Bugun, institut rektori Ilhomjon To’xtasinov Shanxay xorijiy tillar universiteti xitoy tili o’qituvchisi Gao Bo bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida qilinadigan ishlar, amalga oshiriladigan loyihalar to’g’risida kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish