Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

1992-yil 10-dekabr tariximizga mustaqilligimizni mustahkamlash davrining muhim voqeligi sodir bo‘lgan kun sifatida kirdi


Samarqand davlat chet tillar instituti

Ilhomjon To‘xtasinov

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori

Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi.

Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam. 1992-yil 10-dekabr tariximizga mustaqilligimizni mustahkamlash davrining muhim voqeligi sodir bo‘lgan kun sifatida kirdi.

Madhiyamiz mamlakat mustaqilligi, xalq ozodligi davlatning buyuk kelajagi haqida kuylaydigan, farovon jamiyat qurilishi yo‘lida fidokorona mehnat, bunyodkorlik va tadbirkorlikka ruh bag‘ishlashga xizmat qiladigan istiqlol ramzidir.

Mustaqilligimiz bilan salkam tengdosh bo'lgan madhiyamizning bu yil 29 yillik shodiyonasi, shu munosabat bilan barchangizni tabriklayman.

 

chop etish