Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

SamDCHTI hamda Sunchunyan universiteti rahbariyati vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi


Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 dan ortiq nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Janubiy Koreya oliygohlari ham shular jumlasidandir.

Joriy yilning 13-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Janubiy Koreyaning Sunchunyan universiteti rahbariyati vakillari o‘rtasida ZOOM dasturi orqali onlayn uchrashuv tashkil etildi. Jarayon davomida qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olib, hozirda o‘qishini Koreyada davom ettirayotgan talabalarni saralash imtihonlaridan o‘tkazish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olayotgan  1- va 2-bosqich talabalari uchun Sunchunyan universiteti professor-o‘qituvchilarining onlayn darslarini tashkil etish kabi masalalar yuzasidan takliflar almashinildi.

Shuningdek, uchrashudan so‘ng instituti rektori Ilhomjon To‘xtasinov Koreyada o‘qishini davom ettirayotgan 3-boshqich talabalari bilan ham onlayn muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida talabalar hayotida uchrayotgan muammolar o‘rganildi va kerakli ko‘rsatmalar hamda tushunchalar berildi.

Undan tashqari xorijda tahsil olishning afzalliklari, zamonaviy ta’lim olishning ayni kerakli va zarurligi, bu borada talabalardan jiddiy yondashuv talab qilinishi to‘g‘risida maslahatlar aytib o‘tildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish