Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

“Xalqaro arab tili kuni”ga bag’ishlab o’tkazilgan konsertda Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi ham ishtirok etdi


Bugungi kunda O’zbekiston va Misr Arab Respublikasi o’rtasida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar rivojlanish bilan bir qatorda ta’lim sohasida ham munosabatlar rivojlanib bormoqda. Jumladan, davlatimiz tomonidan arab tili va madaniyatini o’qitishga bo’lgan e’tibor hamda talaba-yoshlar o’rtasida til o’rganishga bo’lgan qiziqish yildan yilga ortib bormoqda.

1994-yilda Misr Arab Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Samarqand davlat chet tillar institutida “Arab tili va madaniyati” markazi tashkil etilgan va arab tili ikkinchi til sifatida o’qitila boshlagan. Shuningdek, 2009-yilda “Filologiya tillarni o’qitish: arab tili” ta’lim yo’nalishi ochilgan.

Bugungi kunda institutda 8 nafar mahalliy arab tili o’qituvchilari va Misr Arab Respublikasidan 1 nafar xorijlik o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Arab tili ta’lim yo’nalishining bakalavriat bosqichida jami 141 nafar talaba, magistratura mutaxassisligida 25 nafar magistrantlar tahsil olib kelishmoqda.

Xabaringiz bo’lganidek, “18-dekabr – Xalqaro arab tili kuni”. Shu munosabatda joriy yilning 15-dekabrida Samarqand davlat chet tillar institutida tantanali katta tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirga Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Amira Fahmiy xonim ham tashrif buyurdi.

Tadbirni institut rektori, professor Ilhomjon To’xtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi va “18-dekabr – Xalqaro arab tili kuni” munosabati bilan barcha qatnashchilarni muborakbod etdi. Jumladan, institutda arab tiliga bo’lgan e’tibor, xorijlik mutaxassislar faoliyati hamda arab tilini qiziqish bilan o’rganayotgan talabalar haqida so’zlab o’tdi.

O‘z o‘rnida elchi xonim Amira Fahmiy ham  nutqida institut talabalarining bilim olishga intilishlari, arab tiliga bo‘lgan alohida e‘tibor va yaqin hamkorlik uchun elchixona nomidan institut rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.

Tadbir institut talabalari arab tilida qo‘shiq va she’rlar ijro etish bilan boshlandi. Shuningdek, elchixona tomonidan Samarqand davlat chet tillar institutiga arab tilini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6 turdagi 60 dona arab tili darsliklari va adabiyotlar tuhfa etildi. Jumladan, arab tilida institut talabalari tomonidan sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Jarayonda faol ishtirok etgan talabalar va professor-o’qituvchilar tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish