Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Bugun xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishga bag‘ishlangan forumiga start berildi


Yoshlarning fikr va g‘oyalarini eshitish hamda ularni muhokama qilish uchun maydon yaratish, zamon qahramonlarini kashf etish, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda jamiyatdagi yangiliklarga faol jalb etish maqsadida yurtimizda “O‘zbekiston yoshlar – 2021” Forumi o‘tkazilmoqda.

Shu munosabatda, mazkur Forum doirasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishga bag‘ishlangan “Chet tillari” forumi ham bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu forum Respublikada ilk marotaba Samarqand viloyatida o‘tkazilmoqda.

Forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijiy tillarni o‘rganuvchilar uchun Cambridge English imtihonlari haqida to‘liq ma’lumot berish, yoshlarning chet tillarida fikrlash va kompetensiyaviy ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlarga bir nechta xorijiy tillarni o‘rganishning ahamiyati katta ekanligini yetkazish hamda til bilish ko‘nikmalarini tekshirishdir.

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishga bag‘ishlangan “Chet tillari” forumi ochilishidan oldin Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti rektori Janob Konrad Ozog, Samarqand viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Xurshid Ochilov, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To‘xtasinovlar hamda soha vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda xorijiy tillarni o‘rgatish borasida hamkorlik qilish, maktabgacha ta’lim, umumta’lim hamda oliy ta’lim sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan professor va o‘qituvchilarning tajribasini, malakasini va ko‘nikmalarini oshirish kabilar muhokama qilindi va kelgusida hamkorlik Memorandumini imzolashga kelishildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish