Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

“Erasmus+ xalqaro kredit mobilligi: ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishdagi roli” mavzusida konferensiyasi bo’lib o’tdi


Samarqand davlat chet tillar instituti Evropa Ittifoqi ERASMUS+ dasturining “Oliy ta’lim sohasida islohotlar” hamda “Xalqaro kredit mobilligi” yo’nalishlarida bir qator xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda ko’plab loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan, “Oliy ta’lim sohasida islohotlar” yo’nalishida 2014/2021 yillar davomida Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya va Polsha kabi davlatlarning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo oliy ta’lim kengligini yaratish yo‘lida struktural adaptatsiya va ta’lim sifatini oshirish”, “Akademik rahbarlarning malakasini oshirish orqali sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish”, “Evropa tillarini o‘qitishni rivojlantirish: zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha magistratura dasturini yaratish”, “O’zbekiston oliy ta’lim tizimida ta’lim jarayonlarini modernizatsiyalash va baynalminalligini oshirish” hamda “Markaziy Osiyo universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo’yicha magistratura dasturini ishlab chiqish” kabi qator loyihalarda faol ishtirok etib keladi.

Shuningdek, “Xalqaro kredit mobilligi” yo’nalishi bo‘yicha ham qator universitetlar bilan loyihalarni amalga oshirib, 2014/2021 yillar davomida Evropa Ittifoqining 8 ta hamkor universitetlari bilan “Xalqaro kredit mobilligi” shartnomalari imzolandi.

Buyuk Britaniyaning Aston universiteti, Germaniyaning Berlin shahridagi Humboldt universiteti va Myunxen amaliy fanlar universiteting Til va tarjima instituti, Fransiyaning Kan-Normandiya universiteti va Serji Pontuaz universiteti, Portugaliyaning Porto universiteti, Ispaniyaning Kadis universiteti hamda Turkiyaning Hadjettepe universitetlari shular jumlasidandir.

Joriy yilning 27-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Erasmus+ milliy ofisi tomonidan “Erasmus+ xalqaro kredit mobilligi: ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishdagi roli” mavzusida konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Unda Samarqand viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutining ham mutasaddi vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, jarayon davomida Erasmus+ dasturlariga 2021/2027 yillarga mo'ljallangan loyihalar tanlovi bo'yicha respublika bo'ylab amalga oshirilayotgan axborot sessiyalari, xalqaro loyihalar qilish va xorij safarlariga borish kabilar to’g’risida takliflar hamda fikr-mulohazalar almashinildi.

Qo’shimcha ma’lumot sifatida shuni ham keltirib o’tamizki, Germaniyaning Berlin shahridagi Humboldt universitetining Osiyo va Afrikashunoslik instituti bilan “Markaziy Osiyoshunoslik” yo’nalishi bo’yicha 2017/2019 yillar davomida professor-o‘qituvchilar almashinuvlari amalga oshirildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o‘qituvchilari Osiyo va Afrikashunoslik instituti talabalariga o‘zbek tili, madaniyati, O’zbekiston iqtisodiyoti va tarixi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidi va seminarlar tashkil etdi. Osiyo va Afrikashunoslik instituti talabalari uchun Samarqand davlat chet tillar institutida muntazam yozgi maktablar tashkil etilib kelinadi.

Buyuk Britaniyaning Aston universiteti bilan TESL (Ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish) yo’nalishi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar almashinuvlari amalga oshiriladi.

Myunxen amaliy fanlar universitetining Tillar va tarjima institutiga talabalar nemis-rus tillari amaliy tarjimasi yo’nalishi bo’yicha bir semestr davomida tahsil olish uchun yuborilib kelinadi.

Fransiyaning Serji Pontuaz universitetining Fransuz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish institutiga Samarqand davlat chet tillar instituti o‘qituvchilari va “Lingvistika: fransuz tili” mutaxassisligi magistranlari fransuz maktablarida amaliyot o’tash uchun borishadi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish