Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Professor-o‘qituvchilarga kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 202l-yil 19-noyabrdagi 483-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan Samarqand davlat chet tillar institutida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish va uning sifatini ta’minlashning innovatsion metodlarini tahlil qilish, kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishini rejalashtirish, pedagoglar faoliyatini va o‘quv jarayonining uslubiy ta’minotini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida joriy yilning 5-yanvaridan 9-yanvariga qadar fakultetlarda professor-o‘qituvchilar uchun 24 soatlik qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.

O‘quv kurslari Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida joriy etilgan “Trenerlar tayyorlash kursi”da o‘qib, tajriba orttirgan trenerlar tomonidan zamonaviy pedagogik, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda olib borilmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish