Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Bugungi bo’lib o’tgan seminar davomida o’quv jarayonida qo’llaniladigan xorijiy metodlar borasida mulohazalar almashinildi


Samarqand davlat chet tillar institutida joriy yilning 10-yanvar kuni “The role of Рroject-based learning in organizing students’ self-study” mavzusida  seminar-trening o‘tkazildi.  Mazkur seminar Ingliz tili-I fakulteti o‘qituvchilari hamda xorijlik mutaxassislar hamkorligida tashkil etildi.

Seminar davomida ingliz tilini o’qitishda zamonaviy metodlar va ularning samarasi hamda amaliyotda qo’llash usullari kabilar borasida mulohazalar almashinildi. Shuningdek, jarayonda “Рroject-based learning” metodi asosiy mavzu sifatida muhokama qilindi.  

Hozirgi kunda talabalarning mustaqil ta’lim jarayonini unumli tashkil etish masalasi borasida oliy ta’lim muassasalarida qator istiqbolli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.  Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan bugungi seminar ham 2 qismdan iborat bo’ldi.

Nazariy qismida o‘qituvchilarga “Project-based learning” metodini dars davomiga tadbiq etish usullari misollar asosida xorijlik mutaxassislar tomonidan ko‘rsatib berildi. Institut o‘qituvchilari D.Xolmurodova, L.Xoliqova va E.Guliyevalar o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha targ‘ibot olib borib, o‘z tajribalarini o‘qituvchilarga master-klas tarzida taqdim etdi.

Amaliy qismida tadbirga qatnashuvchi o‘qituvchilar ishchi guruhlarga bo‘linib, seminar davomida olgan bilimlarini loyiha yaratish jarayonida amalda qo‘llab ko‘rdilar. Yaratilgan loyihalarni muhokama qilish orqali o‘qituvchilar bir-birlari bilan fikr va tajriba almashdilar. Jarayon so‘ngida seminar-trening tashkilotchi va qatnashchilari diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Ma’lumot uchun, “Рroject-based learning” metodi zamonaviy ta’lim metodi hisoblanib, talabalarning nafaqat tanqidiy fikrlashi va mustaqil ishlashiga, balki berilgan vazifalarni bajarishga ijodiy yondashishga undovchi metod hisoblanadi. Ushbu metod ayniqsa o’quv xonasidan tashqaridagi mashg‘ulotlarni ko‘zlash bilan birga, bevosita ularning ilmiy izlanishlar olib borishlariga ham zamin yaratadi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish