Bosh sahifa Abiturient Bakalavriat

ABITURIENTGA ESLATMA


Samarqand davlat chet tillar institutining 2021-2022 o‘quv yilidagi qabul komissiyasi

MAS’ULLARI

Familiyasi, ismi va sharifi

Lavozimi

Mas’ul

Qabul vaqtlari

Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich

Institut rektori

Qabul komissiyasi raisi

 

Dushanba-Shanba

1000 dan 17 00 gacha

 

Ro‘ziqulov Fazliddin Shukurovich

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Qabul komissiyasi raisi o‘rinbosari

 

Dushanba-Shanba

8 30 dan 17 00 gacha

 

Ismoilov Anvar Rustamovich

Ingliz tili-I fakulteti dekani

Qabul komissiyasi mas’ul kotibi

 

Dushanba-Shanba

8 00 dan 17 00 gacha

 

 

Call sentrning murojaat uchun telefon raqamlari: 

+99866 238-29-80
+99866 238-29-36
+99866 238-29-32
+99866 238-29-46

Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni onlayn ravishda ro’yxatdan o’tkazadi:

 

  • Pasport.

  • Shahodatnoma yoki diplom. (qaysi ta’lim dargohini bitirganlik tog’risidagi hujjat sifatida)

  • Imtiyoz beruvchi hijjat. (agar bo’lsa)

Guruhlar bo‘yicha abituriyentlar ro‘yhati va bino va auditoriyalarning joylashishi aks etgan chizmalari o‘quv yurtlari qabul komissiyalari tomonidan test sinovlari o‘tkazilishidan uch kun oldin e’lonlar taxtasiga osiladi.

Abituriyent test sinovlari o‘tkaziladigan kundan 3 kun oldin test sinovlari o‘tkaziladigan binoning joylashgan o‘rni va nomi, qavat va auditoriya raqami ko‘rsatilgan chizmani sinchiklab o‘rganadi va eslab qoladi.

Ta’lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi va maxsus bo‘limlarida test sinovlari “Nizom” asosida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida bir vaqtning o‘zida bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan kuni bino hududiga soat 8.00 gacha ruxsatnomasi va pasporti bilan kiritiladi. Test sinovlari boshlangandan keyin abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi. Abituriyent tomonidan mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish va foydalanish qat’iy man etiladi. Test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi. Abituriyent test sinovlarini ta’lim muassasasida o‘qiydigan tilda va yozuvda (kirill, lotin) topshiradi.

KO’P BERILADIGAN SAVOLLAR

chop etish