Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Xorijiy til va adabiyot ta’lim yo‘nalishining 3-bosqich talabalari malakaviy amaliyot o‘tash bo‘yicha ko‘rsatmalar olishdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarori, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida pedagogika ta’lim sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotlarini doimiy yashash hududlarida o‘tashlari tashkil qilinmoqda. 
       Pedagogik malakaviy amaliyot o‘quv jarayonidan uzilmagan holda tashkil etilayotganligi sababli haftaning dushanba, seshanba, chorshanba kunlari institutda o‘quv mashg‘ulotlari davom etadi, payshanba, juma va shanba kunlari talabalar o‘zlariga biriktirilgan ta’lim muassasalarida amaliyot o‘taydilar.
       Ingliz tili-II fakulteti xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 3-kursidan 7 ta guruh, jami 123 nafar talabalarning pedagogik malakaviy amaliyoti 2019-yil 1-maydan 27-iyungacha bo‘lgan muddatda Samarqand shahridagi hamda tumanlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tashlari rejalashtirilgan.

chop etish