Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Akademik bilan uchrashuv


    Samarqand davlat chet tillar institutida adabiyotshunos olim, jamoat arbobi va O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, akademik Naim Fotihovich Karimov bilan insitut olimlari, yosh tadqiqotchilar va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Institut rektoratining tashabbusi hamda yirik olimning hayrihohligi bilan o‘tkazilgan uchrashuvni institut rektori I.M.Tuxtasinov kirish so‘zi bilan ochib,  olimning  XX asr o‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganishga qo‘shgan ulkan xissasi, bu tarixni o‘rganishdagi ijtimoiy tarix va madaniy hodisalarni uyg‘un tarzda, mustaqillik davri talab va mezonlari asosida o‘rganish ishini birinchilardan bo‘lib boshlaganini ta’kidlab, so‘zni allomaning o‘ziga berdi.
    Akademik N.Karimov o‘z ilmiy faoliyati to‘g‘risidagi fikrlarni davom ettirib, ilmiy ijod mobaynida adabiy hodisalarni tarix bilan, badiiy asarni esa yozuvchi xayoti hamda uning badiiy-estetik olami bilan uzviy aloqada o‘rganish to‘g‘risidagi nazariyasining asosiy o‘rinlariga to‘xtaldi.
    Ustoz olimning ayniqsa, Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon kabi ulug‘ adiblar haqidagi xotiralari, ishtirokchilar qalbida chuqur iz qoldirdi. Tadbirda  shuningdek Qarshi Davlat universiteti professori B.Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, N.Karimovning Shaxidlar xotirasini abadiylashtirish,  Qatog‘on qurbonlari muzeyini tashkil etish borasidagi xayrli ishlari to‘g‘risida gapirib, olimning so‘nggi ilmiy asarlarini sharhlab, kitobxonlikni rivojlantirish, jamiyatda ilm-fanning o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida to‘xtaldi. Bu tadbir barcha ishtirokchilar, jumladan, yosh tadqiqotchi-olimlar, magistrantlar hamda talabalar uchun katta saboq vazifasini o‘tadi.   
 
 
 
 
 
 

chop etish