Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Amerikalik mutaxassis Piter Barsum tomindan o‘tkazilgan mahorat darsi


2019-yil 11-aprelda  Ingliz tili-I fakulteti “Ingliz tili tarixi va grammatikasi” kafedrasiga mazkur o‘quv yilida jalb qilingan amerikalik mutaxassis Piter Barsum tomonidan o‘qituvchilarga mahorat darslari o‘tkazildi.
       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-2909-sonli 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarorlari  ijrosini ta’minlash maqsadida xorijlik o‘qituvchi tomonidan muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan mahorat darslari bakalavr talabalariga yozish ko‘nikmalarini to‘rt yil davomida bosqichma-bosqich o‘rgatishda  o‘qituvchilarga katta amaliy yordam berib kelmoqda.

chop etish