Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Amerikalik mutaxassislar safi kengayadi


2019-yil 6-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Amerikaning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniyat va ta’lim ishlari bo‘yicha maslahatchisi Kristen Michener hamda elchixona xodimi Umida Bolteyavalar tashrif buyurishdi.
Tashrif buyurgan mehmonlar institut rektori I.M.Tuxtasinov, Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Y.Yusupov va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.N.Berdialiyevlar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Uchrashuvda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va tarmoqlarni kengaytirish, institutda ko‘ngilli o‘qituvchi sifatida faoliyat olib borayotgan Peter Barsum, shuningdek, “STEM” loyihasining navbatdagi monitoringini o‘tkazish, yangi o‘quv yilidan boshlab amerikalik mutaxassislar safini kengaytirish kabi fikr-mulohazalar muhokama qilindi.  

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

chop etish