Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

AQSH elchixonasi mutaxassislari SamDCHTIda


2018 yilning 17 dekabr kuni institutga AQSH Departamenti ta’lim va madaniyat ishlari Byurosi katta maslaxatchisi Rik Rut (Rick Ruth), AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari Oksana Rayt va Rasulova Muxlisalar tashrif buyurdi.

Mehmonlar bilan institut rektori I.Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i O.Yusupov va Ingliz tili fakulteti dekani A.Ismailovlar ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda I.Tuxtasinov institut faoliyati, mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, institutning AQSH elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan loyihalari hamda xalqaro hamkorlik sohalari haqida ma’lumot berdi.

         Rick Ruth mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, institutda xorijiy tillarni o‘qitish yuqori darajada tashkil etilganligini ijobiy baholadi. Uchrashuvdan so’ng mehmonlar institutda faoliyat ko’rsatayotgan AQShlik mutaxassis Peter Barsoumning darsiga ham ishtirok etishdi.

chop etish