Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

AQSHlik mutaxassis yangi o'quv yilida o'z faoliyatini boshlaydi


Oliy ta’lim tizimida chet ellik mutaxasislarni jalb qilish ta’lim sifatini, talaba yoshlarning bilim salohiyatini oshirishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. O`quv mashg`ulotlari yoki ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun xorijlik mutaxassislarni jalb qilish ta`lim tizimini rivojlantirishning eng muhim qismidir.

Joriy yilning 8-avgust kuni institut rektori I.M.Tuxtasinov hamda AQShning O`zbekistondagi elchixonasi tomonidan 2018-2019 o`quv yili davomida SamDCHTIda faoliyat olib borish uchun tavsiya etilgan Ingliz tili mutaxassisi Peter Barsum o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuv davomida O`zbekiston va AQSH oliy ta`lim tizimi, Toshkent shahrida AQSHning Vebster unverseteti hamkorligida tashkil etilayotgan qo`shma magistratura mutaxassisiligi, shuningdek, ikki mamlakat o`rtasida ta`lim sohasidagi hamkorlik aloqalari xusussida fikr almashinildi. Amerikalik mutaxasis kelgusidagi rejalari hamda institutda o`quv jarayonini, ilmiy tatqiqot ishlarini va o`quv adabiyotlari yaratishda o`z hissasini qo`shishdan mamnunligini bildirdi. I.M.Tuxtasinov Amerikalik mutaxassisni institut rektori va institute jamoasi tomonidan o`zbek adabiyotidan ingliz tiliga tarjima qilingan asarlar bilan tanishtirdi.

Ma’lumot uchun, Peter Barsum joriy yilning sentabr oyida SamDCHTIda o`z faoliyatini boshlaydi.

chop etish