Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

“Bahorning xabarchisi” Samarqand davlat chet tillar institutida


       Ma’lumki, Navro‘z Sharq xalqlarining bahor bayrami sifatida ming yillar mobaynida insoniylik, mehr-muruvvat, mehnatsevarlik, sabr-toqat kabi qadriyatlarni namoyon etgan xolda nishonlanadi. 
        Bu bayram insoniyat o‘zligini ilk bor yorqin namoyon eta olgani bilan ham ahamiyatlidir. Navro‘z bayrami 21-martdan boshlanib bir necha kunlab davom etadi. Navro‘z yaxshi qo‘shnichilik, hamkorlik, madaniyatlaroro muloqotlarni rag'batlantirishga xizmat qilishi shubhasiz. 

Aylabon lutf-u karam, Navro‘zi olam keldilar. 
O‘smadan qoshi qalam, Navro‘zi olam keldilar. 
Bir ajib his uyg‘otib, irmoqlarning xonishi. 
Kuylashib savtu ajam, Navro‘zi olam keldilar! 

       Shuningdek, 2019-yil 26-mart kuni Navro‘z bayrami Samarqand davlat chet tillar institutida juda ko‘tarinki ruhda, xursandchilik kayfiyatda tantanali tarzda nishonlandi. Institut rahbariyati tashabbusi bilan tayyorlangan milliy taomlarimizdan bo‘lmish sumalak va osh taomlari bayram dasturxoniga tortildi. Jumladan,  “Bahorning xabarchisi” Navro‘z  bayramida  institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, fakultet dekanlari, barcha talabalar jamoasi ko‘tarinki kayfiyatda ishtirok etishdilar. Sahnada talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiqlar, raqslar ijro etildi.
        Bayramning tashkil etilishida faollik ko‘rsatgan o‘qituvchi hamda talabalar faxriy yorliq hamda tashakkurnomlar bilan taqdirlanishdilar.

chop etish