Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Bitiruvchi bosqich talabalari bilan suhbat bo‘lib o‘tdi


2018-yil noyabr oyining 13-kuni Oqdaryo tumani Xalq ta’lim bo‘limi vakillari Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurib, institut Merketing bo‘limi bilan birgalikda bitiruvchi bosqich talabalari bilan suhbat o‘tkazishdi.

Oqdaryo tuman Xalq ta’lim bo‘limi va institut Marketing bo‘limi vakillari bitiruvchi bosqich talabalariga bo‘sh ish o‘rinlari va tashkilotlar bilan tuziladigan uch tomonlama shartnomalar to‘g‘risida kerakli ko‘rsatma va tavsiyalar berishdi.

Bitiruvchi bosqich talabalari Oqdaryo tuman Xalq ta’lim bo‘limi vakillaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarli darajada javob olishdi.

chop etish