Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Bitiruvchi kurs talabalarini ish bilan ta’minlash yuzasidan takliflar bildirildi


Samarqand davlat chet tillar institutida 2019-yil 25-fevral kuni bitiruvchi kurs talabalarini ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Samarqand viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori mayor Z.Jo‘rayev, institut qabul kvotasini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi xodimi N.Egamberdiyev hamda Roman-german tillari va Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetlari bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Z.Jo‘rayev hamda N.Egamberdiyevlar tomonidan bitiruvchi kurs talabalariga ish bilan ta’minlanishi yuzasidan takliflar va ko‘rsatmalar bildirildi.

chop etish