Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

“Boshqaruv mahorati” mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 20 avgust kuni ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri dotsent D.Amriddinova va institut psixologi Z.Aripovlar institut rahbar xodimlari va kafedra mudirlariga “Boshqaruv mahorati” mavzusida seminar trening o‘tkazdi. Seminar trening 5 modul asosida olib borildi.

1-modul: “Rahbar axloqi va qadriyatlari”.

2-modul: “Jamoani shakllantirish”.

3-modul: “Taym-menejment: vaqtdan unumli foydalanish”.

4-modul: “Boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish”.

5-modul: “Rahbarning muloqot samaradorligi”.

Har bir modul tarqatma materiallar va amaliy mashg‘ulotlar orqali jonli tarzda tushuntirildi.

Seminar trening so‘ngida ishtirokchilar tomonidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Seminar trening keyingi bosqichida guruh rahbarlari va guruh sardorlariga o‘tkazilishi rejalashtirildi.

chop etish