Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

“Buvijonim kiygan kiyimlar” mavzusida milliy liboslar moda-taqdimoti o‘tkazildi


Joriy yilning 29-noyabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutida “Buvijonim kiygan kiyimlar” mavzusida milliy liboslar moda-taqdimoti o‘tkazildi. Unda institut talabalari har bir viloyatlarning o‘ziga xos bo‘lgan milliy liboslarini taqdimot qilishdi.

Bilamizki, oʻzbek milliy kiyimi — oʻzbek xalqining milliy oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi qadimgi davrlarda yaratilgan va hozirgi kunlarda foydalaniladigan, madaniyati va tarixi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan kiyimlar. Ana o‘sha xususiyatlarni bugun Samarqand davlat chet tillar institutining talaba-qizlaridan iborat jamoada barcha birgalikda kuzatishdi.

Shuningdek, o‘zbek ayollari milliy liboslarining bezaklari anglatadigan chuqur ma’nolari, xususiyatlari, matolarning chidamli darajada ekanligi hamda ahamiyatlisi ayollarimizning ko‘rkiga yanada ko‘rk qo‘shishi to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tildi. Milliy liboslar moda-taqdimotida sahnada hamda sahna ortida faollik ko‘rsatgan ishtirokchilar maxsus diplomlar hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish