Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Buyuk sarkarda Amir Temur ibn amir Tarag‘ayning 683 yilligi shahrimizda nishonlandi


        Buyuk sarkarda Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Quyida e’tiboringizga Amir Temur haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Amir Temur “Tarjimayi hol”ida aytishicha, hayoti mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qilib, ularga doimo amal qilgan: Olloh, tafakkur, qilich, imon va kitob (bitik)dir. Shuningdek, u davlat boshqaruvida “Kuch – adolatdadir” degan shiorga amal qilgan. 
        Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 683 yilligi munosabati bilan Samarqand shahrida tantanali katta tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, Samarqand viloyati OTMlari, ta’lim muassasasi tashkilotlari hamda davlat tashkilotlari ishtirokida sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi ham bunda faol ishtirok etib, institut rektori, prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari bilan birgalikda Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yishdi.

chop etish