Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Channa Indica institutdagi faoliyatini yakunladi


Indoneziyaning O’zbekistondagi elchixonasi ko’magida Samarqand davlat chet tillar institutida indonez tili va adabiyoti fanidan dars bergan mutaxassis Channa Indiсa o’z faoliyatini yakunladi.

Institut rektori I.Tuxtasinov 2017/2018 o’quv yilida talabalarga indonez tili, adabiyoti va madaniyatidan saboq berib kelgan Channa Indicaga institut nomidan minnatdorchilik bildirdi va tashakkurnoma taqdim etdi.

Xorijiy mutaxassislarni Samarqand davlat chet tillar institutiga taklif etib, ular ishtirokida ma’ruzalar, seminar-treninglar va mahorat darslari tashkil etilishi institut o’quv va ilmiy-metodik ishlarini takomillashtirilishi, pedagog-xodimlarning ilmiy va pedagogik salohiyatini yanada oshirish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadlariga qaratilgan.

chop etish