Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Chelyabinsk davlat madaniyat instituti rektori V.Y.Rushanin tashrifi


2018-yil 27-noyabrda Samarqand davlat chet tillar institutiga Chelyabinsk davlat madaniyat instituti rektori V.Y.Rushanin hamda professor B.S.Safaraliyevlar tashrif buyurishdi va institut rektori I.M.Tuxtasinov Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i O.Y.Yusupov, fakultetlar dekanlari A.R.Ismoilov, B.Y.Primov, B.B.Odilovlar bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuv davomida ikki Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasini yanada jadal rivojlantirish, shuningdek, hamkorlikdagi mavjud aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Joriy yilning 12-16 noyabr kunlari Chelyabinsk davlat madaniyat instituti professorlari tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarlarida qatnashqan ishtirokchilarga uchrashuv so‘ngida sertifikatlar taqdim etildi.

chop etish