Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Qozog‘iston Respublikasining Chimkent universiteti bilan hamkorlik o‘rnatildi


Joriy yilning 5-fevral kuni SamDChTIda Qozog‘iston Respublikasining Chimkent universiteti “Bilim va etnomadaniyat” markazi direktori hamda universitet kafedra mudiri M.Sergaziyevalar delegatsiyasi qabul qilindi.

Rasmiy uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari, jumladan, xalqaro seminar-treninglar tashkil etish, ilmiy jurnallarda maqolalar almashish, talabalar uchun yozgi kurslar va boshqa madaniy tadbirlar tashkil etish, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda institut bazasida Chimkent universiteti chet tili o‘qituvchilarini malakasini oshirish kurslarini tashkil qilish masalalari borasida kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasida Hamkorlik shartnomasi imzolandi.

chop etish