Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Chorak asr yoshing muborak, dargoh!


Ilmning yog'dusin taratib o'zing,
Yuksakda uchmoqda har o'g'il qizing.
Kun kelib oqlayman ishonching, yuzing,
Men uchun ostonang tabarruk dargoh.
Chorak asr yoshing muborak, dargoh!
****
Buyuk kelajakning memori o'zing,
Ilm maskanining tumori o'zing.
Har yigit har qizning ham ori o'zing,
Men uchun ostonang tabarruk dargoh.
Chorak asr yoshing muborak, dargoh!
****
Komil farzandlarni tarbiya etib,
Ularni eng ulug' yo'lga elitib.
Bizlardan eng oliy marralar kutib,
Men uchun ostonang tabarruk dargoh.
Chorak asr yoshing muborak, dargoh!
****
Taratgin yo'limga ilm nurlarin,
Davom ettiraylik ajdodlar izin.
Buyuk kelajakka ilk qadam o'zing,
Men uchun ostonang tabarruk dargoh.
Chorak asr yoshing muborak, dargoh!
****
Buyuk kelajagim poydevori sen,
Iftixorim o'zing, mag'rurdirman men.
Ishonching oqlayman hali kelib kun,
Men uchun ostonang tabarruk dargoh.
Chorak asr yoshing muborak, dargoh!

 

Samarqand davlat chet tillar instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “25 yoshdasan, oliy dargohim” mavzusida tantanali katta tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida sahna ko‘rinishlari, milliy raqs hamda qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, faol ishtirok etgan va o'tkazilgan quyidagi yo'nalishlar eng yaxshi rasm-portret  (chizilgan holatda, eng yaxshi maket, eng yaxshi videorolik, eng yaxshi she'r tanlovlar g‘oliblari esdalik sovg‘alar hamda diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish