Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Davlat stipendiya sohiblari aniqlandi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 25 sentyabrdagi 808-sonli buyrug‘iga asosan institut ingliz tili fakulteti, xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 3 kurs talabasi Nasrullaev Javohirxon Ravshanxonovich 2018/2019 o‘quv yili uchun Navoiy Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

SHuningdek, roman-german tillari fakulteti, fransuz tili yo‘nalishi 3 kurs talabasi Fayzullaev Xurshid Ismatilla o‘g‘li 2018/2019 o‘quv yili uchun Islom Karimov Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

SHu munosabat bilan stipendiya sohiblarini erishgan yutuqlari bilan hamda ilmiy rahbarlarini institut rahbariyati va jamoasi nomidan tabriklab, kelgusi o‘qish va ilmiy-ijodiy ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz!

chop etish