Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida


Hozirgi davrda olib borilayotgan xalqaro munosabatlar shuni ko‘rsatmoqdakim, bir mintaqada yashovchi xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar qanchalik yuqori darajada yo‘lga qo‘yilsa, uning ahamiyati bo‘qiyosdir.

Tojikiston milliy universiteti bilan imzolangan har tomonlama o‘zaro hamkorlik (memorandum) Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasiga yangicha quvonch bag‘ishladi.

Ushbu shartnomada oliy ta’lim tizimidagi barcha sohalar bo‘yicha hamkorlik qo‘zda tutilib, yaqin yillardayoq o‘z mevalarini borishga umid bog‘lanadi.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi a’zolari prof.R.T.SHodiev dotsentlar D.T.Amridinova, M.A.Xandamova, SH.S.Ochilova Dushanbe shahriga safarda bo‘lib, Tojikiston milliy universiteti va uning qoshida amal qilayotgan konfutsiy institutining 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada qatnashdilar. Safar davomida Tojikistondagi boshqa oliy o‘quv yurtlari va konferensiyaga mehmon bo‘lib kelgan, Rossiya, Qirg‘iziston, Qozoqistonlik olimlar bilan tanishib fikr almashdilar va yangi g‘oyalar ishlab chiqildi. Safar davomida Tojikiston poytaxtining tarixiy joylari, muzey va teatrlarda bo‘lib yangicha ta’ssurotlar bilan qaytdilar.

Bunday aloqalarni yanada rivojlantirish, kelajakda yaqindan hamkorlik qilish faqatgina ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lib qolmasdan, yangi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat etadi.

chop etish