Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

SamDChTI professor-o‘qituvchilari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi tanlovi haqida seminar-trening tashkil etildi


Samarqand davlat chet tillar institutida professor-o‘qituvchilari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan e'lon qilingan tanlov haqida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda jamg‘arma stipendiyalari, tanlovda g‘olib bo‘lgan stipendiyantlarning majburiyatlari, tanlovda ishtirok etish uchun topshiriladigan hujjatlar va ularning muddati, malaka oshirish va stajirovka o‘tash tartibi to‘g‘risida Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i O.Yusupov batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Bunda institut professor-o‘qituvchilarining barchasi ishtirok etishdi.

Seminar so‘ngi “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan e'lon qilingan tanlov yuzasidan qizg‘in savol-javobga boy bo‘ldi.

chop etish