Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

“Eng yaxshi bitiruv malakaviy ish” tanlovi o‘tkazildi


2018 yil 21 iyun  kuni institutimizning Filologiya  va tillarni o‘qitish (fransuz tili) ta’lim yo‘nalishida tahsil  oladigan bitiruvchi talabalarning bitiruv  malakaviy ish  himoyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur himoya  jarayonida  talabalar o‘zlarining yil davomida olib borgan  ilmiy  izlanishlari   borasida o‘rgangan  ilmiy-nazariy ma’lumotlar  va ular  bo‘yicha  erishgan natija hamda  o‘zlarining  ilm-fanga  bo‘lgan  qiziqishlarini  namoyon  etdilar. SHuningdek,  talabalar bitiruv  malakaviy  ishlarining ilmiy  natijalari  sifatida ko‘plab  ilmiy  maqola  va tezislar hamda uslubiy  ishlanmalar  yaratganligini  o‘z BMI  taqdimotlarida  ko‘rsatib  o‘tishdi.

Shu bilan birga, 2018 yil  “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va  texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”  munosabati bilan har bir bitiruv malakaviy ishning muallifi  tomonidan  amaliy innovatsion ishlanmalar  ishlab  chiqildi  va bitiruvchilarning  mazkur innovatsion  amaliy  mahsulotlari   himoya  taqdimotlari bilan birgalikda Yakuniy Davlat  Attestatsiyasi Komissiyasi  e’tiboriga  havola  qilindi.

BMI  himoyasi  nihoyasida Filologiya  va tillarni o‘qitish (fransuz tili)  ta’lim  yo‘nalishi  bo‘yicha Yakuniy Davlat  Attestatsiyasi Komissiyasi Fransuz tili  va adabiyoti kafedrasi tomonidan  tashkil etilgan “Eng  yaxshi bitiruv  malakaviy  ish” tanlovi nominatsiyalarining sovrindorlarini aniqlashga  yordam  berdi.  YADAK xulosasiga  ko‘ra :

  1. Yusupova Guzal  xorijiy tilni CERF talablari asosida  baholash  mezonlari bo‘yicha olib borgan ilmiy  izlanishlariga  ko‘ra “Eng  yaxshi bitiruv  malakaviy  ish muallifi” nominatsiyasiga;
  2. Suyunov  Begali    fransuz  va  o’zbek xalqiga  xos  muomala  madaniyati  leksikasini  o’rganish  bo‘yicha tayyorlagan  uslubiy  ishlanmasi   uchun    “Eng namunali  innovatsion  ishlanma  muallifi”   nominatsiyasiga;
  3. Turaeva Maftuna   fransuz tilidagi XXI asr  neologizmlari bo‘yicha qilgan fransuz tilidagi  namunali oratorlik nutqi uchun  “ Eng yaxshi notiq” nominatsiyasiga;
  4. Toshquvvatova Rayxon  fransuz  va o‘zbek xalqi bayram va marosimlari leksikasining qiyosiy  tahlili   bo‘yicha olib borgan ilmiy izlanishi uchun  “Eng  qiziqarli  mavzu  muallifi”  nominatsiyasiga;
  5. Uktamov Xurshed    fransuz  tilini o‘qitishdagi masafali  ta’lim  tendensiyalari  mavzusi bilan “Eng dolzarb mavzu muallifi”   nominatsiyasiga;
  6.   Luqmonova Foxira  Buyuk ipak  yo‘li  ertaklarini fransuz tiliga  tarjima qilishga tayyorlagan  BMI  taqdimoti orqali “Eng namunali taqdimot muallifi”   nominatsiyasiga  sazovor bo‘ldi  va ular    Faxriy  yorliqlar  bilan  taqdirlandi.

       Bunday  rag‘bat,  albatta bitiruvchi talabalarni kelgusida magistrlik  dissertatsiyalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan  yanada chuqurroq  shug‘ullanishga  undaydi.

chop etish