Bosh sahifa Yangiliklar Prezident farmon va qarorlari

«Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida


Jahon siyosati va iqtisodiyoti, xalqaro munosabatlar va diplomatiya, xalqaro huquq va tashqi savdo sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V. Putinning 2018 yil oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va «Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (keyingi o‘rinlarda — bosh muassasa) «Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialini (keyingi o‘rinlarda — Filial) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

Batafsil o'qish

chop etish