Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Fransiyalik Jose PUIGning SamDChTIga tashrifi


Joriy yilning 6-dekabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutiga Fransiyaning Parij milliy universiteti qoshidagi Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun pedagog kadrlar tayyorlash ilmiy tadqiqot instituti direktori Jose PUIG tashrif buyurdi.

Uchrashuvda institut prorektori F.Ro‘ziqulov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i O.Yusupov va fransiyalik Jose PUIGlar ishtirok etishdi.

Institut prorektori F.Ro‘ziqulov institut faoliyati, o‘quv jarayoni, mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bilan tanishtirdi. Jumladan, direktor Jose PUIG ham o‘z institut faoliyati to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Imkoniyati cheklangan shaxslarni o‘qitishda pedagogik kadrlar hamda mutaxassislar, inkulizif ta’lim uchun kerakli kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish yuzasidan uchrashuvda fikr-mulohazalar almashinildi.

chop etish