Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Fransiyalik tarjimon mutaxassis ishtirokida talabalar va o’qituvchilar uchun mahorat darslari tashkil etildi


Fransiyaning Lion universiteti sobiq ingliz tili o’qituvchisi, tarjimon mutaxassis Anne-Marie Cervera institutning tarjima nazariyasi va amaliyoti yo’nalishi bakalavriat bosqichi talabalari, o’qituvchilari hamda institutning fransuz tili o’qituvchilari uchun “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Og’zaki va yozma tarjimaning o’ziga xos xususiyatlari”, “Tarjimonlar tayyorlash metodikasi” yo’nalishlarida mahorat darslarini tashkil etdi.

Mazkur o’quv mashg’ulotlari institutda tarjimon mutaxassislarni tayyorlashda hamda tarjimaga o’rgatish metodikasini takomillashtirishda har tomonlama samarali bo’lmoqda.

14 may kuni Anne-Marie Cervera bilan institut rektori I.Tuxtasinov va xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O.Yusupovlar ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Anne-Marie Cerveraning SamDCHTIda olib borgan faoliyati, kelgusida hamkorlikda olib borilishi rejalashtirilgan ishlar to’g’risida fikr almashildi. Rektor I.Tuxtasinov Anne-Marie Cerveraga institutdagi samarali faoliyati uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi va kelgusi o’quv yilida ham institutga taklif qilish fikrini bildirdi.

chop etish