Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Fransiyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor xonim bilan uchrashuv


Ayni paytda Fransiya va O’zbekiston o’rtasida boshqa sohalarda bo’lgani kabi ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida ham o’zaro hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda.

8 sentabr kuni institut rektori I.Tuxtasinov va Fransiyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor xonim uchrashuvi bo’lib o‘tdi.

Uchrashuvda SamDChTI va elchixona o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, Fransiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, shuningdek, yaqin kunlarda Samarqand shahrida “Fransuz Alyansi” markazi tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu “Fransuz Alyansi” markazi barcha yoshdagi fransuz tiliga qiziquvchi tinglovchi, o’quvchi va talabalarga fransuz tili, adabiyoti va madaniyatini o’rgatish, til ko’nikmalarini belgilovchi so‘zlashuv, yozma nutq, tinglab tushunish, o’qib tushunish qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha kurslar tashkil etish, fransuz tili bilim darajasini belgilovchi testlar o‘tkazish va kurs tinglovchilariga sertifikatlar taqdim etish bilan bir qatorda yoshlar teatri, fransuz milliy musiqa san’ati va boshqa madaniy yo’nalishlarda faoliyat olib borishi rejalashtirilmoqda.

chop etish