Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish omillari


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-martdagi 178-f-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2018-yilda Xalqaro va respublika miqiyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018-yil 12-martdagi “Vazirlik tizimidagi Oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2018-yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 233-sonli buyrug‘ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida 2018-yil 29-noyabr kuni “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish omillari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Samarqand viloyati yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari R.R.Qobilov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi raisi A.U.Aslanov, Fuqarolik jamiyatini shakllantirishni monitoring qilish mustaqil instituti Samarqand viloyat bo‘limi F.A.Raxmatovlar anjuman ochilishida so‘zga chiqdilar.

Anjuman ishida Tojikiston Milliy Universiteti Falsafa fakulteti dekani N.Mahmadiyev, Tojikiston Milliy Universiteti Osiyo va yevropa tillari fakulteti dekani R.Shodiyev, Abdulloh Rudakiy nomidagi Ko‘lob davlat universiteti prorektori Sh.Xudoydodova, Abdulloh Rudakiy nomidagi Ko‘lob davlat universiteti rus filologiyasi fakulteti dekani O.Sharipova, doktorantlar M.Zaidzod, N.Nusratullo, Tojikiston Pedagogika instituti rektori A.Muazzamxon, Tojikiston Pedagogika instituti Masofaviy va sirtqi ta’lim fakulteti dekani M.Xudoynazarov hamda kafedra mudirlari G.Sharifova, Sh.Vohidov, dotsent X.Kudjumurodovlar bilan birgalikda 20 dan ortiq mehmonlar ham ishtirok etishdi.

Anjumanda Toshkent shahri, Buxoro, Qarshi, Jizzax, Guliston, Navoiy va Samarqand shahri Oliy o‘quv yurtlarining yetakchi professor-o‘qituvchilari, izlanuvchi-tadqiqotchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

chop etish