Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Gankong shahrining 7 ta maktab direktorlaridan iborat delegatsiya SamDChTI qoshidagi Konfutsiy institutiga tashrif buyurdi


2019-yil 27-aprel kuni Gankong shahrining xorijiy tillarni o‘rgatishga ixtisoslashgan o‘rta maktablari direktorlari va o‘qituvchilaridan iborat 14 kishilik delegatsiya (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining ikki nafar talabalari hamroxligida) tashrif buyurdi. 
Delegatsiyani SamDChTI bosh binosida xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiev va  SamDChTI qoshidagi Konfutsiy instituti direktori Szan Inlar kutib olishdi.
      Delegatsiya Konfutsiy Institutining auditoriyalari va kutubxonasi bilan, u yerdagi talabalar tomonidan chizilgan xitoycha kolligrafiya namunalari va institut tarixiga oid suratlar bilan tanishishdi.
      Institut kutubxonasida tashkil etilgan davra suhbatida prorektor F.Ro‘ziqulov,  Konfutsiy instituti mahalliy xitoy tili o‘qituvchilari, tinglovchilar va SamDChTIning xitoy tili yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi. Davra suhbatida o‘zaro tanishuvdan so‘ng mehmonlar Konfutsiy institutining faoliyati, talabalarning xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari va o‘qish sharoitlari to‘g‘risida suhbatlashishdi. Delegatsiya a’zolari talabalarga xitoy kolligrafiyasini chizish bo‘yicha master-klass o‘tkazishdi.

chop etish