Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Germaniyaning Heidelberg pedagogika universiteti bilan Hamkorlik shartnomasi imzolandi


Joriy yilning 14-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Germaniyaning Heidelberg pedagogika universiteti rektori, professor Hans-Werner Huneke va professorlar D.Sherf, K.Vah, K.Vulflar tashrif buyurishdi.

Institut rektori I.M.Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i O.Yusupov, Roman-german tillari fakulteti dekani B.Primovlar ishtirokida rasmiy uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv jarayonida ikki oliy ta’lim muassasalari rahbarlari O’zbekiston va Germaniya oliy ta’lim tizimi, o’z oliy talim muassasalari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Oliy ta’lim muassasalari rektorlari ta’lim, fan, ilmiy-tadqiqot, sohalarida hamkorlik aloqalarini o’rnatish, hamkorlikda ilmiy anjumanlar tashkil etish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish hamda hamkorlikda Erasmus+ dasturlarida ishtirok etish kabi masalalarni muhokama qilishdi va uchrashuv yakunida SamDCHTI hamda Heidelberg pedagogika universiteti o’rtasida Hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Rasmiy uchrashuvdan so’ng Germaniyalik professorlar ishtirokida institut nemis tili ta’lim yo’nalishi talabalari va professor-o’qituvchilari bilan davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbati savol-javob tarzida juda qiziqarli bo’lib o’tdi. Mehmonlar Institutda nemis tili o’qitilishi jarayoni, professor-o’qituvchilar va talabalarning bilimini yuqori baholadi.

 

chop etish