Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Hamkorlikda amaliy seminar tashkil etildi


Joriy yilning 5 oktyabr kuni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 maydagi PQ-3697-sonli, 2018 yil 7 maydagi PQ-3698-sonli va 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti va TATU Samarqand filiali hamkorlikda magistr va talabalar bilan hamkorlikda innovatsion ishlanmalar yaratish borasida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda ikkala OTM ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari hamda iqtidorli talabalar, magistrlar ishtirok etishdi. Seminar davomida Samarqand shahridagi tarixiy obidalarida zamonaviy innovatsion ishlanmalardan foydalangan holda sayyohlarga gid-tarjimonlik xizmatini joriy etish bo‘yicha qo‘shma loyiha yaratishga kelishib olindi.

chop etish