Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Hanbat milliy universiteti bilan hamkorlik Shartnomasi imzolandi


Joriy yilning 8 iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Janubiy Koreyaning Hanbat milliy universiteti xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i professor Kang Hee Jeong, xalqaro dasturlar bo’yicha koordinatorlar Hwang Sun Poy va Baek Myoun Goklar SamDCHTIga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ikki oily ta’lim muassasasi o’rtasida ilm-fan, ta’lim va ilmiy-tadqiqot kabi sohalarda hamkorlik aloqalarini amalga oshirish bo’yicha Hamkorlik Shartnomasi imzolandi.

Hamkorlik o’z ichiga zamonaviy ta’lim metodlari almashinuvi, hamkorlikda qo’shma konferensiyalar va seminarlar tashkil etish, yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash, o’quv-metodik tajriba va ma’lumotlar almashish, professor-o’qituvchilar almashinuvi kabi yo’nalishlarni qamrab oladi.

chop etish