Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

SamDChTIda “Hayo osmonining yulduzi — ayol” nomli tadbir o‘tkazildi


Samarqand davlat chet tillar institutida “Xaqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan institutning xotin-qizlar jamoasiga bag‘ishlangan “Hayo osmonining yulduzi — ayol” mavzusida 2019-yil 7-mart kuni katta tadbir tashkil etildi. 

Dastavval, tadbirni institut rektori I.Tuxtasinov  qaldirg‘och so‘zi bilan ochib berdi va SamDChTI rivojlanishida  ayol o‘qituvchilarning ham beminnat hissalari borligini alohida ta’kidlab, o‘z samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi. 

Tadbir davomida institut faol va iqtidorli talabalar tomonidan tashkil etilgan musiqiy hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, rahbariyatimiz tomonidan institut xotin-qizlar jamoasi tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Hayо sohilida majnuntollarsiz,

Ko‘nglimiz ko‘shkida hush xayollarsiz,

Baxtimiz bekasi, siz — ayollarsiz,

Ayol omon  bo‘lsa, dunyo go‘zaldir!

chop etish