Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif


Joriy yilning 12-fevralida Samarqand davlar chet tillar instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Yaqin sharq tillari kafedrasi arab tili o‘qituvchi va talabalari ochiq eshiklar kuni munosabati bilan muhtaram prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod etilgan Samarqanddagi “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi” da bo‘ldi.

Tashrif avval ziyoratdan boshlandi, Imom Buxoriy majmuasida bizni “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi” ilmiy xodimi Zohir Yusupov kutib oldi. Imom Buxoriy majmuasi, muzeyi va maqbarasi ziyorat qilindi. Talabalarga Imom Buxoriy majmuasi hamda U kishining hayoti va umr yo‘llari haqida ma’lumotlar berildi va majmua ziyorat qilindi.

Majlislar zalida institut professor o‘qituvchilari A’lamov Sh., Norboyev Z., Ahmedov Sh., Temirov J. va talabalar hamda Markaz ilmiy xodimlari bilan seminar o‘tkazildi. Seminarda “Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazi” falsafa fanlari doktori (PhD) Shukrulloh Umarov, Otabek Muhammadiyev, Tohir Ibadullayev va arab tili o‘qituvchisi Temirov Jasur nutq so‘zladilar. Shukurulloh Umarov Markaz tarixi, bugungi kundagi holati yutuqlari va kelajakdagi rejalari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi hamda bugungi kunda arab tilini chuqur o‘zlashtirgan kadrlarga Markazda talab yuqori ekanligini ta’kidladilar.

Seminar talabalar va ilmiy xodimlar o‘rtasida erkin savol – javob tarzida o‘tkazildi. Samarqand davlat chet tillar instituti hamda “Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazi” o‘rtasida aloqalar bog‘lash va o‘zro hamkorlik qilishga kelishib olindi.

chop etish