Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Indoneziyalik mutaxassis Jamaluddin Nasution institutda o‘z pedagogik faoliyatini boshladi


Institut rektori I.Tuxtasinov va xorijiy mutaxassis bilan uchrashuvda institutda indonez tilini o’qitishni rivojlantirish, darsliklar va o’quv qo’llanmalari yaratish hamda turizm sohasida indonez tili bo’yicha tarjimonlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, ular ishtirokida qisqa va uzoq muddatli seminar-treninglar, ilmiy anjumanlar hamda ma’ruzalar tashkil etib kelinmoqda. Xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarni institutga taklif etish ta’lim sifati, talabalar va o‘qituvchilarning ilmiy va pedagogik salohiyatini oshirishga, chet tillirni o‘rgatishni yanada takomillashtirishda katta hissa qo’shib kelmoqda.

 

chop etish