Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Ingliz tili bitiruvchi kurs talabalari uchun pedagogik amaliyot bo‘yicha konferensiya tashkil qilindi


Joriy yilning 1-fevral kuni Ingliz tili fakulteti bitiruvchi kurs talabalari uchun Samarqand viloyati Xalq ta’lim boshqarmasi, Maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamkorligida umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari direktorlari ishtirokida Pedagogik amaliyot bo‘yicha anjuman bo‘lib o‘tdi.

         Institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, F.Ro‘ziqulov anjumanni ochib berdi va yig‘ilganlarni pedagogik amaliyotning mazmun-mohiyati, tashkil etish tartibi, hamda amaliyot o‘taydigan bitiruvchi kurs talabalariga qo‘yiladigan talablar haqida to‘liq ma’lumot berdi.

         Ingliz tili o‘qitish metodikasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Sh.Shomurodova va kafedra o‘qituvchisi D.Xolmurodovalar pedagogik amaliyotni tashkil qilish, amaliyot jarayonida rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishi, baholash mezonlari, talabalar va umumta’lim maktabari hamda maktabgacha ta’lim muassasalariga qo‘yiladigan talablar va ularning majburiyatlari haqida taqdimot qilishdi.

         Anjuman davomida umumtalim makbarlari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari direktorlari pedagogik amaiyotni yanada sifatli tashki etish bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.

chop etish