Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Ingliz tili fakulteti kafedra mudirlari xizmat safari bilan Toshkent OTMlariga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bosqichlarida chet tillarni o‘qitish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilk qadamlar tashlandi.

2019-yilning fevral oyida SamDChTI Ingliz tili fakulteti kafedra mudirlari xizmat safari bilan Toshkent shahriga tashrif buyurdilar. Safar davomida O‘zDJTU, Nizomiy nomidagi ToshDPU kabi ta’lim muassasalariga tashrif buyurishdi. U yerdagi ish jarayoni bilan tanishib, mutaxassislik kafedralari bilan tajriba almashishdi.

SamDChTI Ingliz tili fakulteti kafedralari va O‘zDJTU huzuridagi RIAIM Chet tillarni o‘qitishning zamonaviy metodlarini joriy qilish va xalqaro tajribalarni o‘rganish ilmiy tadqiqot bo‘limi o‘rtasida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimida chet tillarni o‘qitishni takomillashtirish sohasida o‘zaro Hamkorlik shartnomasi imzolandi.

chop etish