Bosh sahifa Yangiliklar Tanlovlar

Ingliz tili va adabiyoti fanidan talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqichi bo‘lib o‘tmoqda


“Ingliz tili va adabiyoti” mutaxassislik fanidan talabalar respublika fan olimpiadasi 2-bosqichining ochilishi 15-may kuni 9:00 da Samarqand davlat chet tillar institutning bosh binosida bo‘lib o‘tdi. 
Olimpiadaning ochilish marosimida institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.S.Ashurov olimpiada ishtirokchilarini tabriklagan holda ularga omad va zafarlar tiladi. Shuningdek, ochilish marosimida amerikalik ko‘ngilli mutaxassis Pitr Barsoum, Ingliz tili-I fakulteti  dekani A.Ismailov hamda Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Yusupovlar ham ishtriok etishdi. So‘ngra olimpiada ishtirokchilari Ingliz tili fakultetida topshiriqlarni bajarish uchun tayyorlangan maxsus xonalarda o‘z ishini boshladi. Respublika fan olimpiadasida 15 ta OTMlardan 15 nafar talabalar ishtirok etishmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

chop etish