Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

“Ingliz tili va adabiyoti” mutaxassislik fani bo‘yicha talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqichi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 apreldagi 301-sonli buyrug‘iga binoan “2018 yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalarining respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risidagi” buyrug‘iga hamda vazirlikning 2015 yil 7 apreldagi 123-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalar respublika fan olimpiadasi to‘g‘risidagi NIZOM” ga muvofiq “Ingliz tili va adabiyoti” mutaxassislik fanidan talabalar respublika fan olimpiadasining 2-bosqichi 14-15 may kunlari SamDCHTIda o‘tkazildi. Olimpiadaga respublikadagi 17 ta OTMlardan 17 nafar talabalar ishtirok etishdi.

Olimpiada natijasiga ko‘ra:

I – o‘rinni Boboxolov Shoxrux Shuxratovich - SamDCHTI;

II – o‘rinni Karimova Hadicha Jamshidovna -BuxDU;

III – o‘rinni Raxmatova Aziza Baxtiyor qizi - O‘zDJTU

14 may soat 18:00 da institut Faollar zalida g‘oliblarni taqdirlash va olimpiadaning tantanali yopilishi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiada g‘oliblari va qatnashchilari hamda lmiy rahbarlari institut olimpiada tashkiliy qo‘mitasi tomonidan sovg‘alar, faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Institutda olimpiadani o‘tkazishda ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor dots. Sh.Ashurov, ingliz tili fakulteti dekani f.f.n. A.Ismailov professor-o‘qituvchilari f.f.n. Sh.Shomurodova, G.Obro‘eva, katta o‘qituvchilar N.Amriddinova, M.Ismatova, A.Shadibaeva o‘qituvchilar A.Amonov, U.Yarbekov, T.Akramova, E.Hayitova, U.Abduvaxobova, R.Mirsanov, ilmiy bo‘lim boshlig‘i B.Turobov, ilmiy bo‘lim uslubchilari O.Tolliev, Sh.Davronovlar faollik ko‘rsatdilar.

chop etish