Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Institut bitiruvchilari “C.A.T.I.A” turistik firmasi e’tiborida


Keyingi yillarda yurtimizda ko‘plab sohalarda oliy ta’lim muassasasini bitirayotgan yosh mutaxassislarga talab oshib bormoqda. Natijada ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash imkoniyatlari kengaymoqda.

Institutning bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi hamda OOO “C.A.T.I.A” turistik firmasi tashabbusida Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetining italiyan, ispan, nemis tillari kabi yo‘nalish bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilish, jumladan, yangi ish o‘rinlarini izlashda yordam berishga qaratilgan ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi.

chop etish