Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

Institut rektori Ilxom Tuxtasinovning Navruz bayrami munosobati bilan o'tkazilgan tadbirda so'zlagan nutqi


Aziz va muxtaram ustozlar qadirli yurtdoshlar!
Mana bugun jonajon yurtimiz mustaqil O‘zbekistonimizga yasharish bahor bayrami Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Ushbu go‘zallik bayrami, fasillar kelinchagi bahorning ajoyib kunlarida Siz azizlar bilan yonma-yon turib, qalbimiz quvonch va baxtga to‘lib kutib olayotganimdan chin qalbimdan xursandman. Fursatdan foydalanib Siz azizlarga sihat - salomatlik, xonadonlaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman. 
Aziz hamkasblar!
Barchamiz yaxshi bilamizki ushbu kun Birlashgan Millatlar Tashkilotining qaroriga muvofiq xalqaro miqyosda keng nishonlanmoqda. Mana shunday ko‘p millatli xalqimizni Navro‘zi olam betakror bayramimiz birlashtiradi, ularning qalbida ezgu tuyg‘ularni uyg‘otadi. Millatlarni birlashtiradi o‘zaro xamjihatlikga chorlaydi. Butun jahon miqyosida bugungi kunda O‘zbekiston degan nom jaranglab tinchligimiz, osmonimiz musaffo bo‘lib turgan shundayin go‘zal damlarda hayolimizga bir gap keladi ilohim yurtimizga ko‘z tegmasin azizlar. 
Sharqona yangi yilimiz xar birimizning oilamizga qut-baraka, baxt va quvonch, orzu-niyatlarimiz amalga oshib yurtimiz tinch bo‘lsin, barchamizga bayram muborak bo‘lsin.

chop etish