Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Institut rektori I.Tuxtasinov birinchi kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalariga tabriknoma yo’lladi


Samarqand davlat chet tillar institutiga yangi 2018-2019 o’quv yilida talabalikka qabul qilingan yoshlarning ota-onalariga institut rektori I.Tuxtasinov tabriknoma yo’lladi.

Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar!

Sizlarni Mustaqilligimizning 27 yillik bayrami bilan hamda farzandingiz Samarqand davlat chet tillar institutiga talabalikka qabul kilinganligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Farzandingizga Samarqand davlat chet tillar institutida tanlangan yo‘nalishi bo‘yicha to‘laqonli bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Sizning vatanimiz kelajagi uchun fidokorona xizmat qiladigan, chuqur bilim va yuksak ma’naviyatga ega barkamol avlodni tarbiyalashda biz bilan yaqindan hamkorlik qilishingizga ishonamiz.

Farzandingizga guruh rahbari ustozlik qiladi.

Hurmat bilan,

Samarqand davlat chet tillar

instituti rektori I.M. Tuxtasinov

chop etish